Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Buxoro qoʼyi
Ovis vignei Blyth, 1841
ssp. bocharensis Nasonov, 1914

Maqomi: 1(CR): Butunlay yoʼq boʼlib ketish arafasida turgan, lokal tarqalgan kenja tur. TMXI qizil roʼyxatiga kiritilgan [VU].
Tarqalishi: Koʼhitang, Boysuntov, Hisor, Bobotogʼ t. 
Oʼzbekistondan tashqarida: Tojikiston, Turkmaniston. Janubiy Yevropa, Oʼrta va Gʼarbiy Osiyo, Kavkazorti, Pokiston, Hindistonda - boshqa kenja turlari.
Yashash joylari:  Togʼ dashtlari va siyrak archazorli qismlari (d.s.b. 800-2500 m).
Soni: Oʼtmishda ayrim yashash joylarida koʼp boʼlgan. Hozirda Koʼhitang t. - 70, Boysun va Hisor t. - 200 donaga yaqin, Bobotogʼ t. - 40 donaga yaqini qolgan.
Yashash tarzi: Poda boʼlib yashaydi, mavsumiy koʼchadi. Juftlashish davri - noyabr-dekabr. Аprel-mayda bolalaydi (1-2). Bolalari bir yoshgacha onasidan ajra- maydi, 2-4 yoshda jinsiy voyagi yetadi. Аsosan oʼtsimon oʼsimliklar bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar: Yashash joylarining, ayniqsa togʼ yaylovlarining oʼzlashtirilishi, inson va yirtqichlar (boʼri, it) tomonidan taʼqib qilinishi, brakonerlik, arealining uzilishi.
Koʼpaytirish: Termiz va Toshkent hayvonot bogʼlari, hamda "Jayron" Ekomarkazida volьer sharoitlarida koʼpaytirilmoqda.
Muhofaza choralari: Ovlash taqiqlangan. Surxon qoʼriqxonasida muhofaza ostiga olingan. SITESning II-Ilovasiga kiritilgan. Barcha yashash joylari muhofazasini tashkil qilish, parvarishxonalarda koʼpaytirish lozim.

«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009