Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Ustyurt qoʼyi, arqal

Ovis vignei Blyth, 1841

ssp. arkal Eversmann,1850;

Maqomi: 1(CR): Butunlay yoʼq boʼlib ketish arafasida turgan,lokal tarqalgan kenja tur. TMXI Qizil roʼyxatiga kiritilgan [VU].

Tarqalishi: Ustyurtning janubi, asosan Qozoqli-Qoplonqir qismi va Sariqamish botigʼining shimolida janubiy chinklarni sharq qismlaridagi jarliklarda. Oʼzbekistondan tashqarida: Qozogʼiston,Turkmaniston, Eron. Janubiy Yevropa, Oʼrta va Gʼarbiy Osiyo, Kavkazorti, Pokiston, Hindistonda-boshqa kenja turlari.

Yashash joylari: Chink va chuqur botiqlar jarliklari.

Soni: Uzluksiz kamayib bormoqda. 1970-yillarda 100 km masofada 240 ta voyaga yetganlari va 90 tagacha qoʼzichoqlari uchragan.

Yashash tarzi:  Poda boʼlib yashaydi, kichik masofalarga mavsumiy koʼchadi. Juftlashish davri - oktyabr-dekabrda. Mart-aprelda bolalaydi (1-2). Bolalari bir yoshgacha onasidan ajralmaydi, 2-4 yoshda jinsiy voyagi yetadi. Аsosan oʼtsimon oʼsimliklar bilan oziqlanadi. Cheklovchi omillar. Yashash joylarining oʼzlashtirilishi, insonlar va yirtqichlar (boʼri,it) tomonidan taʼqib qilinishi, brakonerlik.

Koʼpaytirish:  Dunyo hayvonot bogʼlarida koʼpaytiriladi.

Muhofaza choralari:  Ovlash taqiqlangan. SITESning II-Ilovasiga kiritilgan. Yashash joylarida muhofazasini, pavarishxonalarda koʼpaytirishni tashkil qilish lozim.

«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009