Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Morxoʼr

Capra falconeri, (Wagner, 1839)

ssp. heptneri Zalkin, 1945

Maqomi: 1(CR): Butunlay yoʼq boʼlib ketish arafasida turgan, lokal tarqalgan kenja tur. TMXI qizil roʼyxatiga kiritilgan [EN].

Tarqalishi: Koʼhitong, Boysun- tov, Bobotogʼ t. Oʼzbekistondan tashqarida: Turkmaniston, Tojikiston, Аfgʼoniston shimoli. Pokiston, Hindiston, Аfgʼoniston sharqida - boshqa kenja turlari.

Yashash joylari: Togʼlarning tosh-qoyali va siyrak archazorli yonbagʼirlari (d.s.b. 1500-2500 m). Yozda baland togʼ (alьp) oʼtloqlarigacha (d.s.b. 3000 m) koʼtariladi.

Soni: 1950-1970-yillarda keskin kamayib ketgan, keyinchalik muhofaza choralari tufayli asta-sekin barqarorlashdi. Hozirda taxminan 300-400 donasi mavjud (Koʼhitang t.- 200 tacha; Boysuntov t. - 120 tacha). 

Yashash tarzi: Poda boʼlib yashaydi, mavsumiy koʼchadi. Juftlashish davri - noyabr-dekabrda. Аprel-mayda bolalaydi (1-2). Bolalari bir yilgacha onasidan ajramaydi, 2-4 yoshida jinsiy voyagi yetadi. Аsosan oʼtsimon oʼsimliklar bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar:  Oʼtmishda (1950-1970 y.) - mahsus ovlanishi, hozirda - brakonerlik, chorvachi- likda yaylovlardan keng koʼlamda foydalanish.

Koʼpaytirish:  Dunyoning hayvonot bogʼlari va parvarishxonalarida koʼpaytiriladi.

Muhofaza choralari:  Ovlash taqiqlangan. Surxon qoʼriqxonasida, Boysun va Xazrat-bobo oʼrmon xoʼjaliklarida muhofaza ostiga olingan. SITESning I-Ilovasiga kiritilgan. Hududiy muhofazasini kuchaytirish va tutqinlikda koʼpaytirishni tashkil etish lozim.

«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009