
Cervus elaphus Linnaeus, 1758
ssp. bactrianus Lydekker, 1900
Maqomi. 1(EN): Yoʼq boʼlib ketayotgan, lokal tarqalgan kenja tur. TMXI qizil roʼyxatiga kiritilgan [LC].
Tarqalishi: Oʼtmishda Sirdaryo va Аmudaryo havzalarining barcha toʼqayzorlarida keng tarqalgan. Hozirda aborigen populyatsiyalari va introduktsiya va reintroduktsiya yoʼli bilan yuzaga kelgan sunʼiy guruhlari mavjud. Birinchilariga Аmudaryo vodiysining yuqori (Surxondaryo vil.) va oʼrta (Buxoro vil., Qizilqum qoʼriqxonasi) oqimida yashovchi populyatsiyalari kirishi mumkin. Ikkinchilariga - Boday-Toʼqay va Zarafshon qoʼriqxonalari populyatsiyalari, hamda Zarafshon daryosining yuqorisida Oʼzbekiston va Toji- kiston chegarasidagi guruhlar.
Oʼzbekistondan tashqarida: Tojikiston, Turkmaniston, Qozogʼiston (reintroduktsiyalashtirilgan), Аfgʼoniston.
Yashash joylari: Qayir toʼqayzorlari va yondosh qumli choʼllar. Togʼ daryolari vodiylari boʼylab togʼ etaklariga chiqqanligi qayd etilgan.
Soni: 2008-2009 yillarda oʼtkazilgan hisoblash maʼlumotlariga koʼra populyatsiyalar va guruhlar soni: Surxondaryoda - 45¬50, Аmudaryo oqimida oʼrtacha - 110¬120, Qoraqalogʼistonda - 450 dan ortiq, Zarafshon daryosi vodiysida - taxminan 100- 110 donani tashkil etadi.
Yashash tarzi: Ijtimoiy tuzivomida ozgarib turadi. Podalari 3-20 va undan ham koʼproq donadan iborat boʼladi. Yozda tunlari, qishda esa kunduzi ham faol. Sentyabr- oktyabrda juftlashadi; may-iyunda bolalaydi (1, baʼzida - 2); bolalari bir yilcha onasidan ajramaydi, 2-3 yoshida jinsiy voyaga yetadi. Daraxt, buta va oʼtsimon oʼsimliklar bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar: Tabiiy yashash joylari maydonlarining kamaytirilishi; suv balansining buzilib ketishi, daraxtlarning kesilishi, mollarni yoyish, yongʼinlar, toshqinlar boʼlishi oqibatida toʼqayzorlarning yoʼq qilinishi; brakonьerlik.
Koʼpaytirish. Boday-Toʼqay va Zarafshon qoʼriqxonalari volerlarida koʼpaytiriladi.
Muhofaza choralari: SITES ning II -Ilovasiga kiritilgan. Transchegaraviy migrant sifatida Bonn Konventsiyasi tassarufiga olingan (bugʼuni muhofaza qilish boʼyicha Oʼrta Osiyo mamlakatlari tomonidan Memorandum imzolangan). Davlatlararo darajasida turni saqlab qolish va tiklash boʼyicha Dastur va ish rejasi tasdiqlangan (2002).Ovlash taqiqlangan. Qizilqum, Boday- Toʼqay va Zarafshon qoʼriqxonalarida muhofaza ostiga olingan. Kelgusida saqlab qolish va bugungi kungacha saqlanib kelgan populyatsiyalarning holatini optimallash dasturini rivojlantirish zarur; amaldagi qoʼriqxonalarning (Boday Toʼqay) xududlarini kengaytirish va Аmudaryo delьtasida yangi biosfera rezervatsiyalarini tashkil qilish; Orol boʼyi xududida (Nazarxon, Tuba, Nurumtubak, Oqpetki), Sirdaryoda (Dalverzin, Sayxun, Qalgansir), Qoraqir buyurtmaxonasida saqlanib qolgan toʼqayzorlarni reintroduktsiyalashtirish va introduktsiyalashtirish; yaroqli, ammo gʼayritabiiy turar joylarda - togʼli- vodiy oʼrmonlarda (Surxon qoʼriqxonasi) rezerv qilib qoʼyish maqsadida bugʼu sonini Koʼpaytirish.