
Uncia uncia (Schreber, 1775)
Maqomi: 1(CR): Yoʼq boʼlib ketish arafasida turgan, lokal tarqalgan tur. TMXI qizil roʼyxatiga kiritilgan [ENC1].
Tarqalishi: Farbiy Tyonshon, oʼarbiy Pomir-Oloy.
Oʼzbekistondan tashqarida: Tojikiston, Qirgʼiziston, Qozogʼiston, Gʼarbiy Sibir janubi, Moʼgʼuliston, Xitoy, Аfgʼoniston, Pokiston, Hindiston, Nepal, Butan.
Yashash joylari: Togʼlarning oʼrta va yuqori (d.s.b. 2500-4500 m) qismi. Havza ayirgʼichlari hamda qoyali tosh-sochma qiyaliklarni afzal koʼradi.
Soni: Doimo kam boʼlgan. Soʼnggi oʼn yilliklar davomida soni uzluksiz kamaymoqda. 1980¬1990- yillarda Hisor qoʼriqxonasida 5-11, 1970-1980- yillarda Chotqol qoʼriqxonasida - 1-3 donasi hisobga olingan. Hozirda jami, taxminan, 30-50 donani tashkil etadi.
Yashash tarzi: Oqshomda faol, kunduzi qorlarga, qoyalar orasiga berkinib yotadi. 2 yilda bir marta bolalaydi. Juftlashish davri - fevral-martda. Iyunda bolalaydi (1-5), bolalari 1-1,5 yoshgacha onasidan ajramaydi, 2-3 yilda jinsiy voyaga yetadi. Yovvoyi tuyoqlilar, baʼzan kemiruvchilar bilan oziqlanadi. Togʼ boʼylab yovvoyi tuyoqlilar ortidan yuqoriga va pastga mavsumiy koʼchib yuradi. Umri uzunligi -21 yoshgacha.
Cheklovchi omillar: Baland togʼ yaylovlarining oʼzlashtirilishi, ozuqa manbalarining kamayishi, brakonerlik.
Koʼpaytirish: Dunyoning hayvonot bogʼlarida koʼpaytiriladi.
Muhofaza choralari: Ovlash taqiqlangan. Hisor, Zomin, Chotqol qoʼriqxonalari va Ugom-Chotqol milliy boida muhofaza ostiga olingan. SITESning I-Ilovasiga kiritilgan.