
Panthera tigris (Linnaeus, 1758)
ssp. virgata (Illiger, 1815)
Maqomi: 0(EX): Yoʼq boʼlib ketgan kenja tur. TMXI qizil roʼyxatiga kiritilgan [EN], {EX}.
Tarqalishi: Oʼtmishda Sirdaryo va Аmudaryo havzapari.
Oʼzbekistondan tashqarida: (oʼtmishda): Qozogʼiston, Tojikiston, Turkmaniston, Optoy, Kavkazorti, Xitoy (Sinjon), Iroq, Eron, Аfgʼoniston, Turkiya. Hindiston, Nepal, Janubi-sharqiy Osiyo, Uzoq Sharq; oʼtmishda Sharqiy Sibirь, Pokistonda - boshqa kenja turlari.
Yashash joylari: Qayir qamishzorlari va toʼqayzorpar.
Soni: Sirdaryo havzasida 1940-yillarning oʼrtalarida yoʼq boʼlib ketgan; oʼsha yillarda Аmudaryo deltasida 5-6 donasi qayd etipgan, oxirgi marta 1972 yilda Qoraqappogʼistonning Kegeyli tumanida uchragan (QR Oʼpkashunoslik muzeyida saqlanmoqda); 1950-yillar oxirida Аmudaryo qayirlarida (Surxondaryo vil.) yoʼq boʼlib ketgan. 1950 yilda kenja turning dunyodagi populyatsiyasi 50-80 donani tashkil etadi deb balopangan. Ohirgi xayvon tutqinlikda 1970 yillar boshida nobud boʼlgan.
Yashash tarzi: Oqshompari faol, kunduzi qalin butazorlar orasiga yashirinadi. Har 1-2,5 yilda bolalaydi. Fevral-mart oylarida juftlashadi, may-iyunda nasl keltiradi (2-4). Bolalari 1,5-2,5 yil onasidan ajramaydi, 3-6 yil-tuyoqlilar (toʼngʼiz, buxoro bugʼusi, jayron) bilan oziqlanadi. Umrining uzunligi -26 yoshgacha.
Cheklovchi omillar: Toʼyoqzorlarning yoʼq qilinishi, ozuqa manbasining kamayib ketishi, ovlash.
Koʼpaytirish: Koʼpaytirilmagan.
Muhofaza choralari: 1957 yildan boshlab ovlash taqiqlangan. SITESning I-Ilovasiga kiritilgan.