Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Qoplon

Panthera pardus (Linnaeus 1758),

ssp. saxicolor Pocock, 1927

Maqomi:1(CR): Butunlay yoʼq boʼlib ketish arafasida turgan, lokal tarqalgan kenja tur. TMXI qizil roʼyxatiga kiritilgan [NT], {EN}.

Tarqalishi:  Gʼarbiy Pamir- Opoy (Koʼhitang, Bobotogʼ t.). 

Oʼzbekistondan tashqarida: Turkmaniston, Tojikiston; Eron shimopi, Аfgʼoniston, Аrmaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Rossiya (Shimoliy Kavkaz). Аfrika, Gʼarbiy va Janubiy Osiyo, Uzoq Sharqda - boshqa kenja turlari.

Yashash joylari: D.s.b. 600-900 m gacha boʼlgan kamnam togʼ etaklarining siyrak pistazor va archazorpi hamda toshqoyalari yuzaga chiqqan joylari.

Soni:  1949-1960-yillarda Bobotogʼda bir necha donasi qayd etilgan (keyinchalik umuman yoʼq boʼlib ketgan boʼlsa kerak), 1990- yillarda Koʼhitang t. ham bir necha donasi uchragan. Hozirda 10 taga yaqini qolgan deb taxmin qipinadi.

Yashash tarzi:  Oqshom va tunlari faol, kunduzi gʼorlar, qoyalar orasiga berkinib yotadi. Dekabr- yanvarda juftlashadi. Mart-may oylarida bolalaydi (2-5). Bola- lari 1-1,5 yilgacha onasi bilan birga boʼladi, 2-3 yoshda jinsiy voyaga yetadi. Yovvoyi tuyoqlilar, baʼzan kemiruvchilar va qushlar bilan oziqlanadi. Umrining uzunligi -15 yoshgacha.

Cheklovchi omillar:  Tuyoqlilar sonining qisqarishi, brakonerpik.

Koʼpaytirish:  Hayvonot bogʼlarida boshqa kenja turlarining koʼpaytirilayotgani maʼpum.

Muhofaza choralari:  Ovlash taqiqpangan. Surxon qoʼriqxonasida muhofaza ostiga olingan. SITESning I-Ilovasiga kiritilgan.

«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009