
Lynx lynx (Linnaeus, 1758)
ssp. isabellinus (Blyth, 1847)
Maqomi. 2(VU:D): zaif, qisqarib borayotgan,mozaik tarqalgan kenja tur. TMXI Qizil roʼyxatiga kiritilgan [LC].
Tarqalishi: Turkiston, Hisor, Koʼxitang, Bobotogʼ t.
Oʼzbekistondan tashqarida: Oʼrta Osiyo mamlakatlari, Qozogʼiston, Moʼgʼiliston, Xitoy gʼarbi, Аfgʼonistonning, Po- kistonning, Hindistonning shimoli.
Yashash joylari: Togʼlarning oʼrta va yuqori qismlari (alьp oʼtloqlari zonasining bargli oʼrmon va archazorlar qoplagan quyi chegarasigacha), koʼpincha soch- ma-toshloq va qoyalarga yaqin joylar.
Soni: Uzluksiz kamayib bor- moqda; 1980-1990 yillarda Hisor t. - 50-66 ta, Koʼxitang t. - 10-12 tasi hisobga olingan; jami, taxminan, 100 donaga yaqin.
Yashash tarzi: Аsosan tunda, baʼzan kunduzi ham faol, boshqa paytlari chakalakzor butalar orasiga berkinib yotadi. Juftlashishi - yanvar martda. May-iyunda urgʼochisi qalin chakalakzordagi makonlarida bolalaydi (3-6). Bolalari 2-3 yilda jinsiy voyaga yetadi. Koʼpayish davridan soʼng ozuqa yetishmasa koʼchadi. Quyonlar, baʼzan kemiruvchilar, tuyoqlilar, qushlar bilan oziqlanadi. 17 yilgacha yashaydi.
Cheklovchi omillar: Oʼrmonlarning kesilishi, ozuqa manbalarining kamayib ketishi, brakonerlik.
Koʼpaytirish: Dunyoning koʼplab hayvonot bogʼlarida koʼpaytiriladi.
Muhofaza choralari: Ovlash taqiqlangan. Hisor, Zomin, Surxon qoʼriqxonalarida muhofaza ostiga olingan. SITESning II-Ilovasiga kiritilgan.