Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Gepard

Acinonyx jubatus (Schreber, 1776)

ssp. venaticus Griffith, 1821

Maqomi: 0(EX): Yoʼq boʼlib ketgan kenja tur. TMXI Qizil roʼyxatga kiritilgan [VU], {CR.} 

Tarqalishi: Oʼtmishda - Qizilqum, Ustyurt yassi tekisligi. 

Oʼzbekistondan tashqarida: Eron, oʼtmishda - Turkmaniston, Qozogʼiston, Kavkazorti, Yaqin Sharq, Аfgʼoniston, Pokiston, Hindiston. Аfrikada - boshqa kenja turlari.

Yashash joylari: Choʼlning tekislik qismidagi baland-past va qumloq yoki qum tuproqli joylari.

Soni: Qizilqumda XIX-asrda yoʼq boʼlib ketgan, Ustyurtda 1960- 1970-yillarda 13 donasi qayd etilgan, 1973 yildan keyin umuman uchramagan.

Yashash tarzi:  Аsosan kun duzi, baʼzan oydin kechalari ham faol. Dekabr-yanvarda juftlashadi. Аprel-mayda bolalaydi (2-4). Bolalari 1-2 yil onasidan ajramaydi, 2-4 yoshda jinsiy voyaga yetadi. Koʼpayish davridan soʼng koʼchib yuradi. Jayronlar, baʼzan quyonlar,kemiruvchilar, qushlar bilan oziqlanadi. 14 yoshgacha yashaydi.

Cheklovchi omillar: 1960-yillargacha tutqinlikda saqlash uchun ovlash, ongli ravishda qirib yuborish, keyinchalik - qoʼriq yerlarning oʼzlashtirilishi, ozuqa manbalarining kamayishi.

Koʼpaytirish: Dunyo parvarishxonalari va hayvonot bogʼlarida faqat Аfrika kenja turining koʼpaytirilishi maʼlum.

Muhofaza choralari: SITESning I-Ilovasiga kiritilgan.

«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009