.png)
Hyaena hyaena (Linnaeus, 1758)
ssp. hyaena (Linnaeus, 1758)
Maqomi: 1(CR): Butunlay yoʼq boʼlib ketish arafasida turgan, lokal tarqalgan kenja tur.
Tarqalishi: Koʼhitang, ehtimol Bobotogʼ t., oʼtmishda - Аmudaryo qayirlarining yuqori qismi, Sheroboddaryoning quyi oqimi.
Oʼzbekistondan tashqarida: Turkmaniston, Eron, Kavkazorti, Аfgʼoniston, Pokiston, Hindiston, Nepal. Аfrika, Turkiya, Yaqin Sharqda - boshqa kenja turlari.
Yashash joylari: Togʼ etaklarining d.s.b. 300-1200 m oshmaydigan choʼllashgan, siyrak daraxt-butasimon oʼsimliklar bilan qoplangan adirliklar, qurib qolgan oʼzanlar; qirgʼoqboʼyi toʼqayzorlari.
Soni: Doimo kam boʼlgan. 1980-1990 yillarda 10tachasi hisobga olinar edi.
Yashashtarzi: Odatda tunlari faol, kunduzi uyalari, gʼor va chuqurliklarga berkinib yotadi. Oktyabr-noyabrda juftlashadi, mayda bolalaydi (3-5), bolalari iyul-avgustda uyadan chiqadi, jinsiy voyaga 3-4 yildan soʼng yetadi. Koʼpayish davridan soʼng koʼchib yuradi. oʼlaksa, kemiruvchilar, sudralib yuruvchilar, hasharotlar, sernam mevalar bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar: 1960 yillargacha - ongli ravishda qirilishi, keyinchalik - qoʼriq yerlarning oʼzlashtirilishi, toʼqayzorlarning yoʼq qilinishi, ozuqa manbalarining kamayishi.
Koʼpaytirish: Dunyoning koʼplab hayvonot bogʼlarida koʼpaytiriladi.
Muhofaza choralari: Ovlash taqiqlangan. Surxon qoʼriqxonasida muhofaza ostiga olingan.