
Lutra lutra (Linnaeus 1758)
ssp. seistanica Burila, 1912
Maqomi: 1(EN): ): Yoʼq boʼlib ke- tayotgan, lokal tarqalgan kenja tur.
Tarqalishi: 1970-yillargacha Sirdaryo, Zarafshon, Chotqol d. vohalarida yashagan. Hozirda Аmudaryo, Surxondaryo, Qashqadaryo Qizildaryo, Oqsuv, Sheroboddaryo, Mochaydaryo (oʼarbiy Pomir-Oloy) larning yuqori qismi qayirlarida saqlanib qolgan.
Oʼzbekistondan tashqarida: Oʼrta Osiyo mamlakat- lari, Qozogʼiston, Eron, Аfgʼoniston. Yevropa, Shimoliy Аfrika, Gʼarbiy Osiyo, Xitoy, Hindiston, Shri-Lankada - boshqa kenja turlari.
Yashash joylari: Baliqqa boy chuchuk suv havzalarining qirgʼoq boʼylari.
Soni: Ilgari uchrashi odatiy edi, hozirda koʼpgina yashash joylarida yoʼq boʼlib ketgan, qolgan joylarda juda kam. Lokal populyatsiyalardagi oʼrtacha zichligi - daryo oʼzanining 1 km.ga 0,75-2 donadan toʼgʼri keladi. Jami, taxminan, 150 dona qolgan.
Yashash tarzi: Tunlari faol, kunduzi qirgʼoq boʼyidagi uyalariga, kovak va gʼorlarga berkinadi. Juftlashishi - fevral-aprelda. Urgʼochisi har ikki yilda bir marta - yanvar-fevralda - bolalaydi (2¬5). Bolalari uyasidan aprel-avgustda chiqadi, 3 yildan soʼng jinsiy voyaga yetadi. Baliqlar, baʼzan kurbaka, suvilon, mayda sutemizuvchilar va qushlar, suv umurtqasizlari bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar: Tekislik daryolari suv rejimining oʼzgarishi va ifloslanishi, togʼ vohalari- ning oʼzlashtirilishi sababli yashash joylarining vayron boʼlishi, brakonerlik.
Koʼpaytirish: Koʼpaytirilmagan.
Muhofaza choralari: Ovlash taqiqlangan. Hisor qoʼriqxonasida muhofaza ostiga olingan. SITESning I-Ilovasiga kiritilgan.