Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Hind asalxoʼri

Mellivora capensis (Schreber, 1776)

ssp. indica (Kerr, 1792)

Maqomi: 1(CR): Butunlay yoʼq boʼlib ketish arafasida turgan lokal tarqalgan kenja tur.

Tarqalishi: Janubiy Ustyurt, Sariqamish botigʼi, Xorazm vohasi atroflari.

Oʼzbekistondan tashqarida: Turkmaniston, Qozogʼiston, Eron, Аfgʼoniston, Pokiston, Hindiston. Аfrika, Iroq, Yaqin Sharqda - boshqa kenja turlari.

Yashash joylari: Chinkdagi jarliklar, suv oʼygan chuqurlikpar, choʼllarning baland-past, hamda zich tuproqli qismlari, shoʼrxoklar.

Soni: Doimo kam boʼlgan. 1960-1980 yy. 10 donasi qayd etilgan.

Yashash tarzi:  Yetarlicha oʼrganilmagan. Tunda, qish va bahorda baʼzan kunduzi ham faol. Yilning aksariyat qismida koʼchib yashaydi. Uyasida, kichik gʼorlarda berkinib yotadi. Juftlashishi - oktyabr- noyabrda. Аprel-mayda bolalaydi (1-2). Hasharotlar, sudralib yuruvchilar, mayda sutemizuvchilar va qushlar, sernam meva va ildizmevalar bilan oziqlanadi. 26 yoshgacha yashaydi.

Cheklovchi omillar: Qahraton, koʼp qorli qish fasllari; boʼrilar va daydi itlar tomonidan taʼqib qilinishi.

Koʼpaytirish: Dunyoning bir qator hayvonot bogʼlarida koʼpaytiriladi.

Muhofaza choralari: Ovlash taqiqlangan. Mavjud populyatsiyalari muhofazasini tashkil qilish, areali, soni va yashash tarzini mukammal oʼrganish lozim.

«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009