Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Qoʼngʼir ayiq

Ursus arctos Linnaeus, 1758

ssp. isabellinus Horsfield, 1826

Maqomi: 2(VU:R): Zaif tabiatdan kamyob, mozaik tarqalgan kenja tur.

Tarqalishi: Gʼarbiy Tyonshon, Gʼarbiy Pomir-Oloy. Oʼzbekistondan tashqarida: Oʼrta Osiyo mamlakatlari, Qozogʼiston; Аfgʼonistonning, Pokistonning, Hindistonning shimoli; Xitoy (Sinjon), Ne-pal. Shimoliy Yevroosiyo va Shimo-liy Аmerikada - boshqa kenja turlari.

Yashash joylari: Togʼlarning d.s.b. 1500-3500 m boʼlgan oʼrta va yuqori qismlari.

Soni: 1970-1980 yy. - 200-220 tasi hisobga olingan; muhofaza choralari tufayli soni barqarorlashgan (Gʼarbiy Tyonshonda - 100 tacha, Gʼarbiy Pomir-Oloyda - taxminan 500 taga yaqin). Oʼrtacha zichligi har 10 kv. km maydonga 1-3 ta toʼgʼri keladi. Koʼplari Hisor, Chotqol, Zomin qoʼriqxonalarida yashaydi.

Yashash tarzi:  Mart-oktyabrda koʼpincha ertalab va kechki paytlari faol, uyalariga berkinadi va oʼsha yerda qishlaydi ham. May-iyunda juftlashadi, Ikki yilda bir marta - yanvar-fevralda - bolalaydi (1-3). Bolalari mart-aprelda uyasidan chiqadi, 3-4 yoshida jinsiy voyaga yetadi. Mevalar, ildizlar, baʼzan sutemizuvchilar, hasharotlar, oʼlaksalar bilan oziqlanadi. 30 yilgacha yashaydi.

Cheklovchi omillar: Brakonerlik.

Koʼpaytirish: Dunyoning koʼplab hayvonot bogʼlarida koʼpaytiriladi.

Muhofaza choralari: Ovlash taqiqlangan. Togʼ qoʼriqxonalari va milliy bogʼlarda muhofaza ostiga olingan. SITESning I-Ilovasiga kiritilgan.

«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009