Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Mitti qoʼshoyoq

Salpingotus heptneri Vorontsov et Smirnov, 1969

Makomi : 2(VU:R):Ziaf tabiatdan kamyob, lokal tarqalgan tur.

Tarqalishi:  Shimoliy Qizilqum (Qoraqalpogʼiston, Navoiy vil. shimoli). 

Oʼzbekistondan tashqarida: Qozogʼiston.Yashash joylari. Taqirsimon tuproqli allyuvial tekisliklarning mustahkamlangan va siyrak buta oʼsimliklar bilan qoplangan oqiziq qumloqli qismlari.

Soni: Lokal populyatsiyalardagi oʼrtacha zichligi har gektarda 0,5 ta toʼgʼri keladi.

Yashash tarzi: Yetarlicha oʼrganilmagan. Mart-sentyabrda (tunlari) faol, kunduzi uyasiga berkinadi, qishlovni ham oʼsha yerda oʼtkazadi. Mart oyida juftlashadi, aprelda bolalaydi (2-4). Bolalari may oyida ilk bor uyasidan chiqadi, keyingi yilning bahoriga kelib jinsiy voyaga yetadi. Urgʼochilarining bir qismi iyulda ikkinchi nasl beradi. Oʼtsimon oʼsimliklar urugʼlari, mevalar, baʼzan umurtqasizlar bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar. Choʼl zonasidagi qoʼriq yerlarning oʼzlashtirilishi.

Koʼpaytirish:  Koʼpaytirilmagan.

Muhofaza choralar:  Saqlanib qolingan barcha lokal populyatsiyalarini aniqlab, muhofazasini tashkil qilish, areali, soni va yashash tarzini mukammal oʼrganish.

«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009