Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Koʼk sugʼur

Marmota menzbieri (Kaschkarov, 1925)

ssp. zachidovi Petrov, 1961

Maqomi. 1(EN): Yoʼqolib borayotgan lokal tarqalgan oʼarbiy Tyonshon endemik kenja turi. TMXI qizil roʼyxatiga kiritilgan [VU].

Tarqalishi: Chotqol t., Oxangaron yassi tekisligi.

Oʼzbekistondan tashqarida: Qirgʼiziston, ilgari Tojikistonda.

Yashash joylari: D.s.b. 2200-3600 m.-dagi togʼ dashtlarining namli joylari, alp va subalьp oʼtloqlar zonasidagi buloqlar, soz tuproqlar, qorliklarga yaqin joylar, toshqoyalarning etaklari.

Soni: 20 ming donaga yaqin; lokal populyatsiyalarda oʼrtacha zichligi har 1 km2 5-10-ga toʼgʼri keladi. Soʼnggi oʼn yilliklar mobaynida soni va areali tobora qisqarib bormoqda.

Yashash tarzi: Mart-avgust oraligʼida faol, oila boʼlib hayot kechiradi, koloniyalar hosil qiladi, oʼz uyalariga berkinib yashaydi, qishni ham oʼsha yerda oʼtkazadi. Mart-aprelda juftlashadi, mayda bolalaydi (2-4), bolalari iyun-iyulda uyalaridan chiqadi, ikki qishlovdan soʼng jinsiy voyaga yetadi. Oʼtoʼlanlar, koʼpincha boshoqli oʼsimliklar, baʼzan chuvalchang, mollyuska, hasharotlar bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar: Oʼtloqlardan chorvachilikda haddan ziyod foydalanish, brakonerlik, choʼpon itlari va tabiiy kushandalari

(boʼri, tulki, burgut, ilvirs) tomonidan taʼqib qilinishi, kasalliklar.

Koʼpaytirish: Oʼzbekistonda koʼpaytirish muvoffaqiyatsiz tugallangan.

Muhofaza choralari: Ovlash taqiqlangan. Chotqol qoʼriqxonasi va Ugom-Chotqol milliy bogʼida muhofaza ostiga olingan. Ohangaron yassi tekisligida muhofazasini tashkil qilish lozim.

«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009